avatar
Куч
914.20
Рейтинг
+343.54

Ametov Djandos Sarsenbaevich

Мақолалар

''Poeziya juldizi'' atamasindagi ilimiy - teoriyaliq , korkem -adebiy Respublikaliq anjuman

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Qaraqalpaq  xalqinin suyikli shayiri, Ozbekstan  Qaharmani, Ozbekstan ham  Qaraqalpaqstan  xaliq  shayiri, poeziya juldizi  Ibrayim Yusupov. SHayirdin  ''Baxit  lirikasi '', (1955),''Kun shigis jolawshisina''(1959), ''Oylar''(1960), ''Jeti asirim''(1962),'' Kewil kewilden suw isher''(1971), ''Tumaris'' (1974), ''Yosh'' (1978), ''Alasatli dunya bul ''  (1987), ''Duzli samallar'' (1988), ''Kewildegi ken dunya'' (1989), ''Begligindi  buzba sen...'' (1995) ,atamasindagi toplamlari  menen birge  ''Joldas mugallim'', ''Akatsiya gullegen jerde'', ''Aktrisanin igbali '', ''Gilemshi  hayal  haqqinda  haqiyqatliq '',  '' Eski  fontan  ertegi '', '' Dala  armanlari'', ''Tumaris '' ,  ''Bulbil uyasi'', ''Mamelek oy '' ,  ''Poseydonnin  gazebi'' poemalari  menen birge  bir qatar  pessa, liberttolar, gurrinler,  ocherkler,  kritikaliq ham publitsistikaliq  maqalalari  baspadan  shiqti.
Prezidentimiz  I.Karimov  ''Qosiginizdin  har bir qatarinda  mawij  urip  turgan  shin  jureklilik  ham  ulken  siy  hurmet  seziminen  ogada  tasirlendim''  dep  aytqaninday  shayir  poeziyasinda  ana  watanga  muhabbat, insaniyliq, xaliqtin  milliyligi  sawlelengen.
Dunyaga  belgili  jaziwshi  Ernes  Xemenguey  aytqaninday: ''Ulli  jaziwshiboliw ushin  talant, bilim  ham  baxitsiz  balaliq  boliwi  zarur ''  degen edi.  Albette  I.Yusupovta  talant, bilim  ham  omir  qiyinshiliqlarin  basinan  otkergen  shayir ,  dramaturg, awdarmashi  edi.
Jaqinda  usi  poeziya  juldizinin  86 jilliq  kunine  bagishlap  Ajiniyaz  atindagi  Nokis  Mamleketlik  institutinin  Qaraqalpaq  tili  ham  adebiyati  fakulteti, Qaraqalpaq  adebiyati  kafedrasi  oqitishilari  ham  «Ziywar '' adebiy  korkem  dogeregi  tarepinen  adebiy  keshe  otkerilidi.
''Ziywar '' adebiy  dogeregi  ham  qaraqalpaq tili  ham  adebiyati  kafedrasi  professor  oqitiwshilari  tan  azannan  Nokis  qalasinda  jaylasqan  ''Shorsha''  qoyimshiligindagi  shayir I.Yusupovtin kabirine  barip  ziyaratlap  keldi.Soninan  pedinstitutta shayir toplamlari  ham  bul  boyonsha  ilimiy-izertlew jumislarinin korgizbesi  bolip  otti.
Al, instituttin  majlisler  zalinda  shayirga  bagishlap  ilimiy-teoriyaliq  anjuman  otkerildi.Kiris  sozdi  usi  institut rektori  B.B.Prenov aship  berdi. Qaraqalpaq  adebiyati  kafedrasi  basligi, filologiya  ilimlerinin  doktiri, professor  K.Alambergenov''I.Yusupov  poeziyasi qaraqalpaq  xalqinin milliy  ruwxiy  gaziynesi'', Qaraqalpaq tili  ham adebiyati fakulteti dekani,  filologiya ilimlerinin kandidati  E.Allanazarov'' I.Yusupov epikaliq  janr doretiwshisi'', Qaraqalpaq adebiyati kafedrasi dotsenti , filologiya  ilimlerinin kandidadti  M.Bekbergenova  „I.Yusupovtin  doretiwshiligin  oqitiwda  jana  pedagogikaliq texnologiyalar'', Qaraqalpaq adebiyati kafedrasi ulken oqitiwshisi Q. Mambetov''I.yusupov doretiwshiliginin ozgeshelikleri'', Qaraqalpaq til bilimi kafedrasi ulken oqitiwshisi, filologiya ilimlerinin kandidati B.Yusupova''I.Yusupov poeziyasinda watan temasinin sawleleniwi'', Qaraqalpaq tili ham adebiyati fakultetinin3-kurs studentleri M. Dosbergenova  “I.Yusupov poeziyasinda watan temasinin sawleleniwi'' ,  A.Muzirikova''I.Yusupov poziyasinda ekologiya temasinin sawleleniwi'', G.Tanirbergenova  ''I.Yusupov poemalarinin janrliq ozgesheligi''degen temalarda ozlerinin bayanatlarin jasadi. Son Qaraqalpaqstan Respublikasi Ruwxiyliq ugit-nasiyat  orayi basligi,Ozbekstanga miynet singen madeniyat  xizmetkeri SH.Ayapov, Qaraqalpaqstan jaziwshilar awqami basligi K.Karimov, Qaraqalpaqstan xaliq shayiri, ''Qaraqalpaq adebiyati'' gazetasinin Bas redaktori G.Matyakupova,'' Amiwdarya'' jurnali  redaktori,shayir X.Dawletnazarov, Qaraqalpaqstan  xaliq  shayiri  N.Toreshova, shayir, Ozbekstan ham Qaraqalpaqstan Jaziwshilar awqaminin agzasi S.Ibragimov, shayira,Ozbekstan ham  Qaraqalpaqstan Jaziwshilar awqaminin agzasi G.Dawletovalar shayir haqqinda ozlerinin bahali pikirlerin bildirip shigip soyledi.
Qaraqalpaq  adebiyati  kafedrasi oqitiwshisi  dotsent, filologiya ilimlerinin kandidati  M.Bekbergenova  ''I.Yusupov  doretiwshiliginin ozgesheligi '' atamasinda proekt  texnologiyasi  usilinda  pedinstituttin qaraqalpaq tili adebiyati fakultetinin 3-kurslarina ashiq sabaq otti.Ashiq sabaqta I.Yusupovtin  omiri  ham  doretiwshiligi, ilimiy ham adebiy  doretpelerin proekt texnologiya usilinda kenirek  tusindirip  otti. Shayir qosiqlari korkemlep ham namaga salip student jaslar  tarepinen  atqarildi.I.Yusupov  portreti, shayirga arnalgan ilimiy miynetler oqitiwshi tarepinen korgizbe etip korsetildi. Shayirga bagishlangan adebiy keshe ham jana usilda otkerilgen ashiq sabaq studentlerde ulken tasirler qaldirdi. Onin doretpeleri  haqqinda kenirek  tusiniklerge iye boldi.
 
Muzirikova Aqsungul.
Ajiniyaz atindagi NMPI
Qaraqalpaq tili ham adebiyati
 
fakultetinin3-kurs studenti

Институтимиз фаол ёшлари

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Президентимиз Ислом Каримов биз ёшларга яратиб берилаётган кенг имкониятлардан фойдаланиб ўз куч ғайратимиз, акл идрокимиз билан ватанимиз келажагига ўз хиссамизни қўшмоғимиз лозим. Шундай экан бизнинг Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти талабалари орасида ҳар соҳада илмга чанқоқ, изланувчан талабалар жуда кўп. Улар билан ҳар қанча фахрлансак ҳам оз. Шулардан:

Bir qizga yetmish hunar ham oz

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
2015-yilning 20-aprеl kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va geografiya fakul’tetida “2015-yil Keksalarni qadrlash yili” munosabati bilan talaba-qizlar o’rtasida “Eng qo’li gul talaba” ko’rik-tanlovi
bo’lib o’tdi.
Tanlovni o’tkazishdan maqsad qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularning qanchalik mohirlik bilan oddiy ipdan eng zarur narsalarni yaratib ishlaganlarini ko’rsatib berish, ularni munosib taqdirlashdan iborat. Jamiyatda xotin-qizlarning o’rni alohida ekanligini ko’rsatib berish, teran bilimli, yuqori ma`naviyatli, ruhiy tomonlama komil, ziyrak, odobli, eng namunali qizlarni yuzaga chiqarish va ularni jamiyatga ko’rsatishdan iborat.
Tanlovda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ish tashkilot faollari qatnashib yoshlarga omadlar tilab qoldi. Tanlovda “Eng qo’li gul talaba”, “Eng chevar talaba”, “Eng mehnatkash talaba”, “Eng izlanuvchan talaba” nominatsiyalari bo’yicha qizlarimiz bellashishdi. Tanlov oxirida
— ”Eng qo’li gul talaba” nominatsiyasiga Elmuratova Saltanat,
— “Eng chevar talaba” nominatsiyasiga Asqarova Mohida,
— “Eng mehnatkash talaba” nominatsiyasiga Tursinbayeva Minayxan,
— “Eng izlanuvchan talaba” nominatsiyasiga Xalmuratova Dilafruzlar loyiq deb topildi va ularga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilot tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Bunday tanlovlarning tez-tez o`tkazib turilishi natijasida mamlakatimizda o`sib kelayotgan yosh avlodni ta`lim bilan bir qatorda turli xil hunarlarni ham o`rganadilar.


Sportchi yoshlarimiz O‘zbekistonni dunyoga tanitadi!

ТАТУда учрашув
Учрашувлар
Shaxmat o’yini barcha uchun ma’lum bo’lgan aqlni charxlaydigan o’yinlardan biridir. Hozirgi biz biladigan shaxmat o‘yini bizga G‘arbdan kirib kelgan. Mana shunday sport o’yinlarimiz Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va geografiya fakul’tetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tashkil topganligining 14 yillik bayram-shodiyonasi munosabati bilan 18-aprel kuni “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti tomonidan shaxmat-shashka sport musobaqasi bo’lib o’tdi.
Shaxmat bo’yicha 1-o’rinni J.Sadatdinov, 2-o’rinni Z.Asamatdinov, 3-o’rinni D.Djumaniyazovlar yutib oldi. Sportchi yoshlarimiz O‘zbekistonni dunyoga tanitadi. Biz ana shunday Vatan madhini ko‘klarga ko‘tarayotgan shijoatli, navqiron yoshlarga omad tilaymiz.

Filologiya fakulteti talabasi Quchqarova M

На уровне требований времени

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
В ходе учебного процесса основное внимание уделяется организационной работе на уровне требований времени. Ширин Джанабаевна не раз проводила свои занятия нетрадиционным методом.
И в этот раз на занятии преподаватель использовала интерактивный метод «Работа в малых подгруппах». Она интересным способом разделила группу на подгруппы и заранее дала задание, где каждая команда должна была предоставить эмблему, придумать девиз, соответствующий названию команды, подготовить презентацию, и в заключение сделать небольшую рекламу своей команды.
Студенты проявили большой интерес к заданию и приняли активное участие. Нам пришлось немного попотеть, мы искали материалы, готовили слайды для презентации, пробовали себя в роли поэтов, сочиняя девиз для команды. В ходе работы мы узнали, что некоторые студентки умеют красиво рисовать и все это нам предоставило большое удовольствие. Никто не остался в стороне, даже самые пассивные студенты, что-то старались сделать. Трудным заданием оказалось сочинение рекламы. Но несмотря на небольшие недостатки, мы хорошо подготовились. Во время презентации каждой команде Ширин Джанабаевна задавала соответствующие вопросы, где студенты спорили, размышляли и приходили к одному мнению.
Нужно отметить умение Ширин Джанабаевны держаться перед студентами, умелое руководство учебным процессом, быстро налаживать контакты с аудиторией. Умение вовремя разрядить аудиторию и ввести в рабочую обстановку.
Хотелось бы поблагодарить за интересное занятия и пожелать ей в дальнейшем, побольше таких нетрадиционных занятий.
Нам очень понравилось!

Студенты 2 «в» курса
факультета иностранных языков,
по специальности русский язык и
литература в иноязычных группах,
подготовила М. Кушназарова

A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketik pedagogikaliq institutinin` oqiw-ilimiy observatoriyasinda teleskop ja`rdeminde 2015 jil 20 marttag`i quyash tutiliwinin` No`kis qalasinda baqlaniwi

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
G`a`resizlik jıllarında elimizdin` keleshegin bekkem tirnaq tiykarında jaratıw maqsteinde jurt basshımız basshılıg`ında bilimlendiriw sistemasın jan`alaw jolında ju`da` ko`p reformalar alıp barıldı. Sonın` menen bir qatarda bilim beriw orınlar materiallıq texnikalıq bazasın ja`ha`n standartlarına tolıq juwap beretug`ın zamango`y oqıw quralları menen ta`minlew izbe-izlikte a`melge asırılmaqta. Bunın` ayqın mıslı sıpatında elimizdegi Fizika-Astornomiyanı oqıtıw metodikası qa`nigelerin tayarlaytug`ın joqarı oqıw orınlarına oqıw-ilimiy observatoriyalarının` qurıp beriliwin aytsa boladı.
Yelimizde bunday qa`nigelerdi tayarlaytug`ın joqarı oqıw orınları sanı altı bolıp olar arasıda A`jiniyaz atındag`ı No`kis ma`mleketik pedagogikalıq institutı da barlıgı quwanarlı hal a`lbette.
O`zR PA AI baslaması menen 2006 ha`m 2015-jılları O`zbekistandag`ı Astronomiya pa`ni teren` oqıtılatug`ın altı JOOlarına ilimiy-oqıw observatoriyaları qurıp beriw boyınsha Respublika ko`leminde u`lken joybar a`melge asırıldı. Usı joybardın` son`g`ı ma`nzili NMPI boldı.

КВН юного филолога

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
На днях в доме студентов НГПИ им. Ажинияза преподавателями кафедры русской филологиибыл проведен конкурс-КВН юного филолога, где участвовали девушки 2-х курсов отделения русский язык и литература, проживающих в доме студентов: Ф.Атаджанова, Г. Атаджанова, Г. Солаева, М. Абдуллаева, С. Юсупова, М. Болтаева. В качестве жюри принимали участие руководитель организации «Камолот» НГПИ им. Ажинияза Б. Гулимбетов и представитель организации «Камолот» филологического факультета Ж. Кушназаров и преподаватель кафедры русской филологии Елмуратова С.
Образовательной целью проведения конкурса является: привитие участникам интерес и любовь к русскому языку, используя занимательность; Развивающая: развивать познавательную и творческую активность студентов. Воспитательная: воспитывать у студентов чувства коллективизма, взаимоподдержки и взаимовыручки.
Были предоставлены задания с фразеологическими оборотами, задания на нахождение синонимов и антонимов, проверили знание пословиц и поговорок, также был проведен конкурс-капитанов, а для зрителей блиц-опрос.
Команды участвовали очень активно: продемонстрировали не только свои знания, полученные по русскому языку, но и показали свою ловкость, умелость, артистичность, с легкостью ответили на логические задания.
Особенно понравился конкурс, где команда должна была показать жестами, телодвижениями, танцами смысл пословицы.
В завершении конкурса победителям и участникам были вручены скромные подарки. Жюри из всех участников выделил студентку 2 «в» курсаСолаеву Г, как самого лучшего участника, знатока русского языка.
В завершении студенты сделали вывод, что надо побольше читать, учить фразеологические обороты, пословицы и поговорки. Что им предстоит еще многое узнать о русском языке, что надо работать над повышением лексического богатства через словари и среду общения.

асс.-преп. кафедры русской филологии Отегенова Ш. ДЖ
ст-ка 2 «в» курса фил. факультета
отделения русский язык и литература
Кушназарова Мохигул.

O`layotgan senmisan, yo men…?!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Suv-hayot manbai. Inson o`zi uchun aziz narsalarni, muqaddas tuyg`ularni va qadrli odamlarni ulug`laydi. Suv ham xuddi shunday. Suv-inson uchun muqaddas, oliy ne`mat. U hayotimizning garovi, tirikligimizning asosidir. Ko`hna tarix sahifalaridan bir rivoyat yodimga tushdi. “Jannatda hurlar bilan birga Odam Ato va Momo Havo baxtli yashardi. Alloh ularga hayotning hamma ne`matlarini ato qilgandi. Ular rohat-farog`atda yashardi. Olloh ularga jannatdagi bir mevani yeyishni man qilgandi. Lekin Odam Ato va Momo Havo o`z nafslariga qul bo`lishdi va shaytonning gapiga kirib Alloh Taolo man etgan mevani tatib ko`rdilar…” O`shandan beri odam farzandi jannatda emas, yerda yashashga mahkum. Bor-yo`g`i bir daqiqalik shayton hukmi ila bugun odamlar jannatda yashamaydi. Ammo Xudoyim karamli. U insonga yana iltifot ko`rsatdi. Unga til-zabon berdi, yerdagi eng go`zal narsalardan bahramand qildi. Lekin insonlar-chi?! U Olloh bergan bu muqaddas tuyg`ularni qadrlayaptimi? –Yo`q!
O`layotgan senmisan, yo men farq qilolmayman,
Ko`z yoshim dengiz, ammo o`zni farq qilolmayman,
Ortda jarlik, oldga ham bir qadam jilolmayman,
Arosat, oraliqda o`lmasaydik, Orolim!
U yana, yana xato qilishda davom etmoqda… O`sha muqaddas narsalarga, Ollohning ne`matlariga e`tiborsiz qarayapti. Suv-hayotimiz garovi. U insonga rizq-ro`z berdi, ne`mat berdi, poklik berdi. Suv jamiki go`zallik va ne`matlarning asosi, hayotimiz manbai. “Qadim o`tgan davrlarda suvlar jilg`alarda toshib yotardi, -deb hikoya qila boshlardi buvim. Bizlar nonni suvga oqizoq qilib yerdik. Hech bir inson suv qidirib ko`chaga chiqmasdi. Har biro damning eshigi oldidan ariq oqib o`tardi. Biz o`sha ariqdan suv ichardik, ertalab o`sha suvdan hovliga separdik. Suv ko`chalardagi, changli yo`llarni iforga to`ldirib yuborardi.“
Nega bugun bolalar nonni oqizoq qilib yemaydi? Nega bugun ko`chalardagi ariqlardan suv olib ichilmaydi? Suvga axlat yoki turli xil chiqindilarni tashlash oqibatida bugun ko`plab kasalliklar kelib chiqmoqda. Atrof-muhit zaharlanib, suv tanqisligi ko`paymoqda. Bu esa olamshumul muammolardan biri-Orolning qurib qolishiga olib kelyapti.
Bormi sayyorada undan buyuk g`am,
Barchani qiynaydi shu mungli savol,
Bundan qutulishga qodirmi odam,
Bugun madadlarga muhtojdir, Orol!
Hayotning butun tashvishlarini unutib, bir daqiqa qalbimizga quloq solaylik. Har bir odamning quloqlari ostida bir sado yangraydi. Bu-Orolning ovozi. Qarang, u masrur kuylamoqda:
Kelajakning keng yo`liga chiqib oldik,
Yordam bering o`zligimni topib olay,
Yana qadim buyuk dengiz bo`lib qolay,
Amu bilan Sirdaryoni kutaman zor,
Azizlarim ular menga chin vafodor.
Havo orqali uchib kelgan chang, suv va zararli moddalar Orol bo`yi aholisining sog`ligi yomonlashishiga olib keldi. Natijada, atrof-muhitga zarar yetdi. Odamlar orasida kasalliklar ko`paydi. Bugun Orol nafaqat O`zbekistonning, balki jahonning dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda. Buning oqibatida odamlar hayotdan
Erta ko`z yummoqda, chaqaloqlar majruh, kasalmand bo`lib tug`ilmoqda. Biz bir marta yashaymiz, bizning bir dona ona yerimiz bor. Kelinglar, uni asraylik. Umrimiz davomida uni qadrlaylik, uning majruh qalbiga najot bo`laylik. Yerimizni, Orolimizni asraylik!
Men bolangman, nido bo`lay sen uchun,
Bir jilg`adek davo bo`lay sen uchun,
Kerak bo`lsa, fido bo`lay sen uchun,
Mayliga, men ado bo`lay sen uchun,
Oqib turgin, qurib qolma, Onajon!
Mahliyo Qo`chqorova,
Ajiniyoz nomidagi NDPI talabasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi
”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoli.

Internetni cheklash, foydadan ko`ra zarar-mi yoki…?!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Bugungi ilg`or texnika va texnologiyalar asrida internet, innavatsion texnalogiyalar va boshqa vositalarsiz yashash-sahroda yolg`iz o`zing, och-nochor qolish bilan barobardir. Negaki, zamon bilan ham nafas, unga hozirjavoblik bilan namuna ko`rsatish, ayniqsa, bugungi kunda juda muhim. Hozirgi davrda ko`proq yoshlar orasida internetdan foydalanish ovqatlanishning ikkinchi bir ko`rinishi, desak, o`ylaymanki, yanglishmaymiz!
Biroq, nimani, nima uchun “iste`mol qilayotganini” bilmaydigan ayrim internet “jinni” lari ham ming afsuski, oramizda ko`payib bormoqda…
Internetdan vaqtini o`tkazish uchun foydalanuvchi yoshlarimiz ham bor. Biz ularga har tomonlama ko`mak berishimiz lozim. Chunki ularning hayotda yashashdan aniq bir maqsadi yo`q. Ular nima yaxshi-yu nima yomonligining farqiga bormaydilar. Yiqilganni-suyash, adashganni-to`g`ri yo`lga boshlash ulkan saodatdir! Internetdan vaqtni tejash, ko`proq ma`lumot olib, ish unumini oshirishda foydalanadigan har tomonlama idrok eta oladigan va o`zining, o`zgalarning va Allohning eng oliy ne`mati bo`lmish-Hayotning qadriga yetayotgan yoshlarimiz bor ekan, mamlakatimiz barqaror va mustahkamdir!
Internet-juda kuchli bosim bilan harakat qiluvchi, portlovchi bomba bo`lganda edi, biz uning zarbidan oz fursatlarda yo`q bo`lib ketar edik. Lekin u orqali qilingan zulmlar asta-sekinlik bilan insonlar ongini, xalqning ma`naviyati va madaniyatini zaharlab ildizidan yemirib boradi. Turli xil yot g`oyalardan, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik va boshqa shu kabi illatlardan ogoh etish bizlarning yuksak burchimiz va muqaddas vazifamizdir!
Davlatni internet orqali kirib keladigan turli xil illatlardan, yot g`oyalardan himoya qilish maqsadida internetni cheklab qo`yish, foydadan ko`ra zarardir. Negaki, biz internet orqali butun dunyo hamjamiyati haqida juda ko`plab ma`lumotlar barcha mamlakatlar va ularning hayoti va o`zimizni qiziqtirgan turli xil ma`lumotlarni bilib olishimiz va jannatmakon yurtimiz-O`zbekistonni butun jahonga tanitishimiz, yurtimizdagi ko`plab o`zgarishlar va imkoniyatlardan o`zga davlatlardagi yurtdoshlarimizni va boshqa qardosh xalqlarni forig` qilishimiz mumkin. Internet orqali cheksiz imkoniyatlar eshigi ochiladi, bizlar uchun! Agar hohlasak, u orqali ko`plab chet tillarini o`rganib, ta`lim grantlari yutib olib chet mamlakatlarda o`z bilim-salohiyatimizni oshirishimiz mumkin.
Internet-bugungi kundagi eng tezkor va ko`proq ma`lumotlar olish har bir insonning o`ziga bog`liq. Biz har bir daqiqada ogoh bo`lishimiz, “o`rgimchak to`ri”ning asiri bo`lib qolmasligimiz lozim. Internetga biz emas, u bizga bo`ysunishi, bizning foydamiz yo`lida ishlashi lozim. Bu esa har bir shaxsning o`ziga bog`liq, albatta!
Vaqt g`animatdir… Kimdandir armoningiz bormi desangiz u sizga yoshligimga, yoki falon vaqtimga qaytishning iloji bo`lsa edi borimni berardim ,-deydi. Biz esa ana shunday dunyolarga teng durri bebaho yoshlik davridamiz!
Uni mazmunli o`tkazishimiz lozim. Zero, ertanga bugunimizni afsus bilan emas, g`urur bilan esga olaylik.
Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlarga, albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq-bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalg`itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch-ma`naviyat bor.
Shu bois men shonli tarixiga sadoqat bilan qarab, bugungi ozod hayotini qadrlab, o`z kelajagiga katta umid bilan intilayotgan xalqimizning donishmandligi va matonati, uning iymon-e`tiqodi, mustahkam irodasi va yuksak ma`naviy ruhi doimo barqaror yashaydi, deb ishonaman. Yurtboshimizning ulkan ishonchini oqlash, biz, yoshlar uchun sharafdir. Zero, yurt kelajagi salohiyatli yoshlar qo`lida ekanligini unutmaylik, azizlar!
Mahliyo Qo`chqorova,
Ajiniyoz nomidagi NDPI talabasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi
”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoli.

O`zingni va o`z oila a`zolaringni asragil!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Bashariyat ne-ne muammolarni hal qilib, ne-ne kashfiyotlarni ixtiro qilib XXI asrga qadam qo`ydi.O`tgan asrlarda yashab dovrug`i dunyoni tutgan olimlar ham bugungi fan-texnika taraqqiyotini ko`rib hayratdan yoqa ushlashi hech shubhasizdir! Biz ana shunday buyuk ajdodlarimiz orzu qilgan jamiyatda, ozod va obod O`zbekistonda umrguzaronlik qilyapmiz. Alloh o`z jamolini namoyon qilmoq uchun insonni yaratgan. Inson-butun bir olam faqat unda asosiy tuyg`u oliyjanoblik bo`lsa bas. Inson oliyjanobligi bilan, ezgu ishlari bilan dunyoga sayqal beradi. Dunyoni, jamiyatni, ko`ngilni obod qilish faqat uninggina qo`lidan keladi. U-inson! Nega qo`lidan keladigan ishni qilmasin?! “Vatandan tashqarida baxt yo`q, har kim jonajon yerida ildiz otsin”,-deb aytgan edi donishmandlarimizdan biri. Qadrdon yerimiz, avvalo, oilamiz ota-onalarimiz farzandlarini uyli-joyli qilish ma`nosida, “o`g`lim ham o`ziga bir Vatan qilsa, edi”,-deyishadi. Demak, Vatan ota-onadan, bo`sag`asini hatlab, bog`chaga, maktabga yo`l olgan ostonamizdan, xonadonimizdan boshlanar ekan-da?! Bu xonadon esa, bag`rikeng, mehridaryo o`zbek xonadonidir!
Tong otib taralsa xushbo`y non isi,
Sarishta hovliga suv sepsa qizi.
Tarovat baxsh etsa quyoshning o`zi,
Bu albat o`zbekning xonadonidir.

Yoshlik! Inson umrining so`nmas bahori!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Yoshlik! Inson umrining so`nmas bahori! Biz baxtdan masrur bo`lsak-da, barcha maqsadlarimiz ushalsa-da, o`smirlik, navqironlik yoinki, keksalikning ajib gashtini surayotgan bo`lsak-da, qanday holatda bo`lmaylik, baribir bolalik chog`larimizni, yoshlik beg`uborliklarini qo`msab, har lahzada sog`inib yashaymiz! Biroq, biz qancha harakat qilsak-da hech qachon vaqtni ortga qaytarib bo`lmaydi. Inson hayotidagi har bir daqiqaning o`z gashti, jozibasi, mazmuni va tarovati bor. Bugun kechagi kunga o`xshamaydi, kechagi kundagi holatni bugun takrorlab bo`lmaydi. Hayotning ko`rki va ulug`vorligi, qiziqligi va murakkabligi ham xuddi mana shu bir-biriga o`xshamas onlarning o`rin almashinib turishidadir. Hayotning barcha daqiqalari bir xil o`tsa, biri ikkinchisini takrorlasa, bunday paytda inson umri ma`nosiz va befoyda, his-tuyg`ulardan yiroqda kechar edi.
Insonlardagi jamiki ezgu fazilatlar asta-sekin, yillar o`tishi bilan shakllana boradi, shaxsning kamolga yetayotgan, yetuklikka qo`ygan ilk dadil qadami — O`n sakkiz yoshidir. O`n sakkiz yosh-kishi umrining ilk bahori. Qalblarda ko`m-ko`k maysa yanglig` orzu-istaklar o`sayotgan, yashash, o`qish, ishlash tilagi xayolni band qilgan ajoyib va g`aroyib bir damdir. Bolalik, o`smirlik, keksalik ham, insonga bir marta nasib bo`ladi. Har bir kunning mazmuni, qay darajada kechishi insonning yolg`izgina o`ziga bog`liqdir. “Yoshlikda olingan bilim-toshga o`yilgan naqshdir”. Darhaqiqat, bu hikmatning asosida olam-olam ma`no yashirin. Har tomonlama mukammal davr – yoshlikning o`ziga xos ajoyibotlari bor. Kelajakda hech qachon afsuslanmaslik uchun ham bugungi tashlayotgan har bir qadamimizni o`ylab bosishimiz, bugungi xatomiz tufayli ertangi kunimiz aziyat chekmasligimiz uchun harakat qilishimiz darkor. Zero, inson bu hayotda baxtli bo`lish uchun, o`zining ezgu amallari ila yaxshi nom qoldirish uchun dunyoga kelgan.

Umr o`tib borar:misoli daryo,
“Hay-hay” deganingga qilmaydi parvo,
Qaydasan yoshlik davrim… vo ajabo!
Ko`z ochib yumguncha nelar bo`lmaydi,
Qilgan ishingdan hech ko`ngling to`lmaydi.

Mahliyo Qo`chqorova,
Ajiniyoz nomidagi NDPI talabasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi
”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoli.

“Institut malikasi”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Ayol-Yaratganning buyuk mo`jizasi! Hayot davomiyligi va abadiyligini o`zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarimizni ulug`lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jannat onalar oyog`i ostidadir”,- degan mazmundagi hikmatli so`zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta`zim qilamiz.O`zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb sahovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charag`bonlari bo`lmish munis ayollarimizga har qancha tasonnalar aytsak, e`zozlab boshimizga ko`tarsak arziydi.Bugungi kun ayollari har tomonlama yetuk va faol.Ular nafaqat oila, uy-ro`zg`orda balki, butun jamiyatimizda o`z o`rniga ega bo`lib har bir jabhada o`zining ulkan hissasini qo`shib kelmoqda.
          Mamlakatimizda yosh onalarga, qizlarga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Talaba-qizlarni insoniylik va milliy urf-odatlar, vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash,bundan tashqari oilalarni mustahkamlash, ularni ijtimoiy va siyosiy bilimlarini oshirish, jamiyatda ayol-qizlar o`rnini mustahkamlash, sog`lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Bu borada yurtimmizda turli xil chora tadbbirlar ko`rilmoqda.Xususan,bizning Ajiniyoz nomidagi NukusDPIda ham   
Turli-tuman tadbir va tanlovlar o`tkazilmoqda.Mazkur yilning 10-mart kuni “Institut malikasi” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi va bu tanlovda qizlarimiz quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1-Salomnoma sharti.
2-Erkin mavzu sharti.
3-Boshlovchilik hunari sharti.
4-Uyga vazifa.Qizlari bor bizning yurtning sharti.
           Ushbu tanlov institutdagi 8 ta fakultet o`rtasida 8 nafar qiz ishtirokida bo`lib o`tdi.Tanlovda qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetidan Aytiazarova Ulperi, boshlang`ich ta`lim fakultetidan O`tabayeva Aruxan, Fizika-matematika fakultetidan Qutiboyeva Umida, Tabiatshunoslik va geografiya fakultetidan Erejenova Aygul, Tarix fakultetidan Taspo`latova Nargiza, Jismoniy tarbiya fakultetidan Alpbergenova Saida, Filologiya fakultetidan Jilqibayeva Jayna, Pedagogika fakultetidan Utkazova Indiralar o`zaro kuch sinashdilar.
 
 
 
Mahliyo Qo`chqorova Nukus DPIning
 Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti
                                    yo`nalishi 2-“V” kurs talabasi

Oila- yuksak mehr qo`rg`oni

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

     Har qaysi millatning o`ziga xos ma`naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o`rni va ta`siri beqiyosdir! Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag`rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va  andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.



“9-Aprel Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Mustaqilligimizning daslabki kunlaridan boshlab xalqimizning huquqiy madaniyatini shakllantirish, huquqiy savodxon yoshlarni tarbiyalash bugungi kunda mamlakatimiz siyosatining eng oliy yo`nalishi bo`lib hisoblanadi. Ta`lim-tarbiya insonning, inson orqali butun jamiyatni rivojlantiradi.  Shu sababdan o`sib kelayotgan yoshlarni komil inson darajasida tarbiyalash, ularning huquqiy ongini shakllantirish, huquqiy madaniyatini rivojlantirish jamiyatimiz a`zolarining, shuning bilan birgalikda huquqshunos o`qituvchilarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni huquqiy savodini oshirish maqsadida turli xil chora-tadbirlar ko`rilmoqda va turli xil tanlovlar tashkil qilinmoqda. 


Shunday tadbirlardan biri 2015-yil 2-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi  Nukus  davlat  pedagogika  institutida 9-aprel Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni bayrami munosabati bilan “Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma ikki yilligi” nomli tantanali kecha bo`lib o`tdi.



Bugungi yutuqlar ertangi zafarlar sari yetaklaydi!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

      O`zbekiston mustaqillikka qadam qo`ygan ilk kunlaridanoq biz mamlakatimizda hech kimdan kam bo`lmagan jamiyat qurish uchun keng ko`lamli vazifalarni hal qilishga qodir bo`lgan,”ham jismonan, ham ma`naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan avlod voyaga yetkazishni o`z oldimizga yuksak maqsad qilib qo`yganmiz”. Mamlakatimizda sport sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.


       Jismoniy tarbiya va sport – xalq madaniyatining ajralmas qismidir. Yosh avlodni jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash, himoya qilish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kundagi eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.


       Sport irodani mustahkamlab, qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan bardosh berishga o`rgatadi, sportchilar qalbida g`alabaga ishonch uyg`otadi. Vatanimiz, xalqimiz shon-shuhratini butun jahon hamjamiyati oldida ulug`laydi.


Yurtboshimiz Islom Karimov: ”Mamlakatni hech bir narsa sportchalik dunyoga  tanitolmaydi”,-degan fikrlari bejiz emas, albatta. Mamlakatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ko`plab sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, kelajak egalari – yoshlarni har tomonlama yetuk va salomat bo`lishlari uchun barcha qulayliklarga ega sog`lomlashtirish markazlari va sport binolari muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda. Mamlakatimiz sportchilari jahon arenalarida yurtimiz bayrog`ini yuksaklarga ko`tarib, g`olib bo`lib qaytmoqdalar.


Bunday sport musobaqalarimiz mamlakatimiz miqyosida muntazam ravishda har yili o`tkazilib kelinmoqda.


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan “Kamolot kubogi” futbol musobaqasining final bosqichi shu yilning 27-mart kuni murosasiz tarzda bo`lib o`tdi. Barcha g`alaba qozonishni istaydi,biroq musobaqada faqat eng kuchlilargina g`olib bo`ladi. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali jamoasi 3-o`rinni, Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi 2-o`rinni,va nihoyat eng oily 1-o`rinni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti egallab mutloq g`olib deb topildi va 1-aprel kunida Xorazm viloyatida bo`lib o`tuvchi keyingi bosqichga yo`llanma olishdi.


            Musobaqa qatnashchilari Qoraqalpog`iston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. G`oliblarimizga keyingi musobaqaga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar, hamisha hayotda, har bir sohada mudom g`olib bo`lib yurishlarini, tilaymiz.  Zero, bugungi yutuqlar ertangi zafarlar sari yetaklaydi!


 


Mahliyo Qo`chqorova, Qoraqalpog`iston 


Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati


“Yosh jurnalistlar” klubi faoli

Igna bilan quduq qazgim keladi…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

     Mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama yetuk, o`zining shaxsiy fikrlari va mulohazalarini erkin namoyon qila olishlari uchun juda ko`p chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Yurtimiz bo`ylab turli xil uchrashuvlar, disputlar va “Munozara” klublari faol ravishda faoliyat yuritmoqda. Shunday disputlardan yana biri bizning Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalar, magistrlar, assistant-o`qituvchilar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati fakultet yetakchilari, sardorlari, faol yoshlari va boshqa qiziquvchilar bilan birgalikda “Ustoz-shogird” to`garagi yonida tashkil etilgan, bilim va ta`lim-tarbiyaga bog`liq asosiy masalalarning yechimini mustaqil topishga yo`nalish beruvchi Igna bilan quduq qazgim keladi…” nomli o`quv-seminar  2015-yil  27-mart  kuni institutning majlislar zalida bo`lib o`tdi. Disputni Qoraqalpog’iston xalq o’qituvchisi pedagogika fanlari nomzodi  A.Pazilov olib bordi.


      O`tkazilgan seminar juda qiziqarli va ajoyib tarzda bo`lib o`tdi. Yig`ilganlar o`zlarining mustaqil fikrlarini bemalol bildirib,  disputning yanada qiziqarli bo`lishini ta`minladilar.


    “O`tkazilayotgan seminarni yakunlash uchun institut ilmiy ishlarni tashkillashtiruvchi sistemasi, erishilgan yutuqlar va bajariladigan ilmiy ishlarning asosiy yo’nalishlari”  mavzusi bo`yicha fizika-matematika bilimlarining kandidati dotsent, institutning ilmiy ishlari bo’yicha prorektori M.Jalilov,  “Alternativ energiya ma`lumotlaridan foydalanish davr talabi” mavzusi bo`yicha fizika-matematika bilimlarining doktori, fizika kafedrasining boshlig`i  A.Kamalov o`zining ilg`or fikrlarini bildirib o`tdilar.


     Bunday disputlar bizning institutimizda har oyda muntazam ravishda o`tkazilib kelinmoqda. Bu, albatta, talaba-yoshlarimizning bo`sh vaqtlarini unumli va mazmunli o`tkazishlarini ta`minlaydi. Zero, fikrlar bizni yuksak maqsadlar, buyuk ishlar sari yetaklaydi.


Mahliyo Qo`chqorova, Qoraqalpog`iston 


Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati


“Yosh jurnalistlar” klubi faoli

Bizning ovozimiz – O`zimizning kelajagimiz!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

  Mamlakatimizda 21-dekabr O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qarg`I Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tumanlar Kengashlarida bo`lib o`tgan saylovda qatnashib, avvalo nomzodlar haqidagi ma`lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqdib va o`zimiz munosib ko`rgan shaxsga ovoz berdik. Hozirda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga hamda “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 2-moddasiga va “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2015-yil 29-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilandi.


      Biz ham o`z siyosiy huquqlarimizdan unumli foydalangan holda saylovda muntazam qatnashib va barcha yurtdoshlarimizni o`z kelajagiga befarq bo`lmay saylovda faol qatnashishlarini xohlardim. Saylovga ham juda oz fursatlar qolmoqda.Shunday ekan bizlar nomzodlar haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lib, munosib nomzodni tanlab, O`z kelajagimiz –ertangi kunimiz uchun ovoz berishimiz zarur!


       Bizning Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ham bugun, 28-mart kuni barcha fakultetlarda instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Boshlang`ich tashkiloti fakultet yetakchilari boshchiligida saylov oldi targ`ibot-tashviqot ishlari bo`lib o`tdi. Barcha talaba-yoshlar va professor o`qituvchilarimizni, umuman barcha yurtdoshlarimizni saylovda faol ishtirok etishlarini istar edik. Ertangi kun bo`lib o`tadigan saylovga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. Biz ham o`z siyosiy huquqlarimizdan unumli foydalangan holda saylovda muntazam qatnashib va barcha yurtdoshlarimizni o`z kelajagiga befarq bo`lmay saylovda faol qatnashishlarini xohlardim. Saylovga ham juda oz fursatlar qolmoqda.Shunday ekan bizlar nomzodlar haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lib, munosib nomzodni tanlab, O`z kelajagimiz –ertangi kunimiz uchun ovoz berishimiz zarur! Zero, bizning ovozimiz-o`zimizningning kelajagimiz.


   


Mahliyo Qo`chqorova, Ajiniyoz nomidagi


NukusDPIning Filologiya fakulteti O`zbek tili


va adabiyoti yo`nalishi 2-“V”guruh talabasi.

Унутмоқ осонмас сизларни…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Бизнинг Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институтининг Қорақалпоқ тили ва адабиёти факультетида ва «Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракати ҳамкорлигида  2015 йил «Кексаларни эъзозлаш йили» давлат дастури асосида ўтказилган «Меҳр булоғи» номли Қорақалпоғистон  халқ  ёзувчиси Гулайша Есемуратованинг ҳаёти, ижоди ва журналистик  фаолиятига бағишлаб республика илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди. 


 



"Наврўз" айём қутлуғ бўлсин

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Юртимизга кўклам нафаси кириб келиши билан нафақат табиат, балки бутун инсоният қалбида жўшқинлик, гўзаллик ишонч туйғулари барқ ура бошлайди. Енг гўзал байрам тантаналари ҳам баҳор фаслига тўғри келади. Шунинг учун ҳам баҳор фаслини фаслларнинг келинчаги деб атаймиз. Шундай байрам тантаналари  юртимиз миқиёсида кўплаб ўтказилмоқда.


Қишдан ҳориб-чарчаб чиққан одамлар баҳорни қучоқ очиб күтиб оладилар. Инсон зоти борки, йоруғликка, гўзалликка интилади, ўзи учун азиз нарсаларни, муқаддас туйғуларни ҳамиша эьзозлайди. Инсон ўз номи билан инсон, у табиатнинг олий мавжудоти, табиатнинг бир бўлагидир.


 



“Kamolot” bizni boshlar, hasharga barcha yoshlar!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Bahor fasli kirib kelishi bilan, butun tabiat jonlanadi. Butun borliqqa, insoniyatga qayta jon kiradi desak, mubolag`a  bo`lmaydi. Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o`tkaziladigan Navro`z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining ko`p ming yillik  milliy qiyofamiz, oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo`lib kelmoqda. ”Hamal keldi-amal keldi” deganlaridek, ko`klam kirib kelgan ilk kunlaridan bobodehqonlarimiz  dala yumushlari bilan mashg`ul bo`ladilar. Xalqaro hasharlar asosida har oila, ko`cha, mahalla, qishloq,umuman, butun diyor, jamiyat obodonchiligiga hissa qo`shib barcha yerlarda ko`kalamzorlashtirish ishlari ham allaqachon boshlanib ketdi. Har bir xalqning o`ziga xos urf-odatlari, an`analari bo`lganidek bizning xalqimizda hashar qadim-qadimdan rivojlanib, sayqallanib kelmoqda.


         Fasllar kelinchagining yurtimizda o`z sepini yoyishi va  mamlakatimiz bo`ylab umumxalq hashari munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika  institutining  barcha jamoat ishlarida faol talabalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining  faol yoshlari ko`magida institut atrofini obodonlashtirish, turli xil ko`chatlar o`tqazib institut bog`ini yanada ko`kalamzorlashtirish maqsadida mazkur  2015-yil 14-15-mart kunlari hashar bo`lib o`tishi  ko`zda tutilgan. Bugun 14-mart kuni barcha fakultet maydonlarida ish qizg`in ketmoqda. ”Hashar-elga yarashar” deganlaridek faol yoshlarimiz  birdamlikda, hamjihatlikda mehnat qilmoqdalar.


          Yurtboshimiz ta`kidlaganidek, ”Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. ” Yurt rivojiga, yanada go`zallashib, sayqallashib borishiga oz bo`lsa-da o`z hissanizni qo`shish biz, yoshlarga sharafdir. Har bir qarich yerni asrab-avaylab, yanada obod qilish biz  yoshlarning  muqaddas burchi va ulug` vazifasidir. Zero, bu aziz va buyuk Vatan barchamizniki!


 


Kamolot faoli


Mahliyo Qo`chqorova Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI,


Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti  yo`nalishi 2-“V” guruh